April 24
Sibir Federal Universiteti (Сибирский федеральный университет – СФУ)
🇷🇺 Sibir Federal Universiteti (СФУ) TOP 1000 - haqida batafsil ma'lumot
📍 Krasnoyarsk shahri, Rossiya
🏛 Universitet tarixi va maqomi:
Sibir Federal Universiteti — Rossiya Federatsiyasi hukumati tashabbusi bilan 2006-yilda tashkil etilgan va Rossiyaning eng yirik federal universitetlaridan biri hisoblanadi. Universitet beshta yirik Krasnoyarsk oliygohi (shu jumladan Krasnoyarsk Davlat Texnika Universiteti) birlashuvi asosida tashkil etilgan.
Bugungi kunda SFU – Sharqiy Sibir va Uzoq Sharq mintaqasidagi ilm-fan, innovatsiyalar va texnologiyalar markazidir. Unda 35 000 dan ortiq talaba tahsil oladi, 300 dan ortiq ta’lim dasturlari mavjud, jumladan, xalqaro ikki diplomli dasturlar.
❓ Nega aynan SFU’ni tanlash kerak?
- 📌 Federal maqom – Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan biri, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi.
- 🌐 Xalqaro hamkorlik – 150 dan ortiq xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda, almashinuv va qo‘shma dasturlar mavjud.
- 🏫 Katta infratuzilma – 20 dan ortiq o‘quv binolari, texnoparklar, ilmiy markazlar, zamonaviy laboratoriyalar.
- 👨🔬 Ilmiy salohiyat – 3 mingdan ortiq professor-o‘qituvchilar, shulardan 400 dan ortig‘i fan doktorlari.
- 🏠 Talabalar shaharchasi – Krasnoyarskning markazida joylashgan, qulay va zamonaviy yotoqxonalar bilan ta’minlangan.
- 🎓 300+ bakalavriat, magistratura va aspirantura dasturlari
- 💻 Kuchli IT, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar yo‘nalishlari
- 🔬 Muhandislik, geologiya, energetika, biotexnologiya va ekologiya bo‘yicha zamonaviy dasturlar
- 🏔 Unikal geografik joylashuv – tabiat va zamonaviylik uyg‘unligi
- 💰 Byudjet (grant) asosidagi keng imkoniyatlar va arzon yashash sharoiti
🧠 Tabiiy fanlar va matematika yo‘nalishlari:
- Matematika
- Amaliy matematika va informatika
- Amaliy matematika
- Matematika va kompyuter fanlari
- Fizika (Teoretik va amaliy fizika; Ilg‘or texnologiyalar fizikasi; Bioximik fizika)
- Kimyo
- Fundamental va amaliy kimyo
- Biologiya
- Ekologiya va tabiatdan foydalanish
- Geografiya
🏗 Arxitektura va qurilish yo‘nalishlari:
💻 Axborot texnologiyalari:
- Informatika va hisoblash texnikasi
- Axborot tizimlari va texnologiyalari (shu jumladan kompyuter o‘yinlari va ilovalarini yaratish)
- Amaliy informatika (internet texnologiyalar, san’at va raqamli media, raqamli iqtisodiyot, boshqaruvning raqamli modellarini yaratish)
- Dasturiy injiniring
- Axborot xavfsizligi
- Kompyuter xavfsizligi
- Avtomatlashtirilgan tizimlar xavfsizligi
📡 Radio va elektronika yo‘nalishlari:
- Radiotexnika
- Infokommunikatsion tizimlar va aloqa
- Elektronika va nanoelektronika
- Radioelektron tizimlar va komplekslar
- Maxsus radiotexnika tizimlari
- Fotonika va optoinformatika
⚙️ Muhandislik va texnika:
- Issiqlik energetikasi
- Elektr energetikasi va elektr texnikasi
- Mashinasozlik
- Texnologik mashinalar va uskunalar (shu jumladan metallurgiya)
- Amaliy mexanika
- Avtomatlashtirish (shu jumladan metallurgiyada)
- Mashinasozlik texnologik ta’minoti
- Mexatronika va robototexnika
- Materialshunoslik
- Metallurgiya
🧪 Texnologiyalar va oziq-ovqat:
- Kimyoviy texnologiya
- O‘simlik xomashyosi asosidagi oziq-ovqat mahsulotlari
- Hayvon mahsulotlari asosidagi oziq-ovqat
- Oziq-ovqat ishlab chiqarish texnologiyasi
- Suv resurslari va melioratsiya tizimlari
⛽ Neft-gaz va geologiya:
- Neft va gaz ishi
- Amaliy geologiya
- Geologik razvedka texnologiyasi
- Tog‘-kon ishi
- Neft-gaz texnikasi va texnologiyalari
🚗 Transport va xizmat:
- Transport texnologiyalari
- Transport texnikasi va servis
- Maxsus transport vositalari
- Yer usti transport texnologiyalari
- Avtoservis
📏 Standart va boshqaruv:
- Standartlashtirish va metrologiya
- Sifat menejmenti
- Tizimli tahlil va boshqaruv
- Texnik tizimlarda boshqaruv
- Innovatika
🧠 Ijtimoiy fanlar:
💼 Iqtisod va menejment:
- Iqtisodiyot
- Menejment (shu jumladan restoran va mehmonxona boshqaruvi)
- Kadrlar boshqaruvi
- Davlat va munitsipal boshqaruv
- Biznes-informatika
- Savdo ishi
- Tovarshunoslik
- Iqtisodiy xavfsizlik
- Bojxona ishi
📣 Ommaviy axborot vositalari va san’at:
🎓 Pedagogika yo‘nalishlari:
- Pedagogika
- Psixologik-pedagogik ta’lim
- Ikki yo‘nalishli pedagogik ta’lim (masalan, matematika va iqtisod, rus tili va adabiyot)
- Deviant xatti-harakatlarni o‘rganish pedagogikasi