Perm milliy tadqiqotlar politexnika universiteti (Пермский национальный исследовательский политехнический университет - ПНИПУ)
🏛 Universitet tarixi va maqomi:
Perm milliy tadqiqotlar politexnika universiteti (PNIPU) — Rossiyaning eng qadimiy va nufuzli texnika oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, 1953-yilda tashkil etilgan. Avvaliga Perm texnika instituti sifatida faoliyat yuritgan, 1992-yilda universitet maqomini olgan va 2010-yildan boshlab milliy tadqiqot universiteti sifatida tan olingan.
PNIPU Rossiyaning sanoat markazlaridan biri — Perm shahrida joylashgan. Shahar gaz, neft, mashinasozlik, kimyo sanoati va energetika sohalari bo‘yicha muhim ahamiyatga ega bo‘lib, universitet aynan shu sohalarga muvofiq zamonaviy ta’lim beradi.
📍 Nega aynan PNIPU’ni tanlash kerak?
✅ Texnika ta’limining markazi — universitet Rossiya sanoati ehtiyojiga mos mutaxassislar tayyorlaydi.
✅ Milliy tadqiqot maqomi — zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy markazlar va startap-inkubatorlar mavjud.
✅ Sanoat bilan integratsiya — talabalar o‘qish davomida yirik kompaniyalar (LUKOIL, Gazprom, UralMash, Sibur) bilan amaliyot o‘tashadi.
✅ Ishga joylashish kafolati — bitiruvchilarning 90% ixtisosligi bo‘yicha ish bilan ta’minlanadi.
✅ Ko‘p yo‘nalishlar va byudjet o‘rinlari — 100+ ta'lim yo‘nalishi mavjud.
🎓 Afzalliklari:
🏠 Talabalar yotoqxonasi mavjud (campus shaklida)
🌐 Xalqaro almashinuv dasturlari (Erasmus+, double degree)
🔬 Yuqori texnologik ilmiy bazaga ega (nano-laboratoriyalar, IT-klaster)
💸 Arzon yashash va o‘qish (Moskvaga nisbatan 2–3 baravar arzonga tushadi)
👨🏫 Kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibi, xalqaro tan olingan ilmiy ishlar
📋 Yo‘nalishlar
👨💻 Kompyuter fanlari va axborot xavfsizligi
- 02.03.03 Dasturiy ta'minot va axborot tizimlarini boshqarish — Katta ma'lumotlar tahlili
- 09.03.02 Axborot tizimlari va texnologiyalari — Web-ishlanmalar va sun’iy intellekt texnologiyalari
- 09.03.03 Amaliy informatika — Biznes axborot tizimlarini ishlab chiqish
- 10.03.01 Axborot xavfsizligi — Kompyuter tizimlari xavfsizligi
- 10.05.01 Kompyuter xavfsizligi — Kompyuter tarmoqlari xavfsizligi
- 10.05.03 Avtomatlashtirilgan tizimlar xavfsizligi — Ochiq axborot tizimlari xavfsizligi
⚙ Muhandislik va texnik yo‘nalishlar
- 15.03.06 Mexatronika va robototexnika — Texnologik jarayonlarni boshqarish
- 27.03.05 Innovatika — Muhandislik innovatsiyasi
- 13.03.02 Elektroenergetika va elektrtexnika — Elektr ta’minoti, elektromexanika, elektr haydov va avtomatika
- 15.03.01 Mashinasozlik — Raqamli payvandlash texnologiyalari
- 15.03.02 Texnologik mashina va jihozlar — Neft va gaz uskunalari, qayta ishlovchilar
- 15.03.03 Amaliy mexanika — Mashinasozlikdagi dinamika va mustahkamlik
- 15.03.04 Texnologik jarayonlar avtomatizatsiyasi — Sanoat jarayonlarini avtomatlashtirish
🏗 Qurilish va arxitektura
- 08.03.01 Qurilish — Sanoat va fuqarolik qurilishi, shaharlik muhandislik tizimlari, ekspertiza va uy-joy boshqaruvi
- 07.03.01 Arxitektura — Raqamli arxitektura
- 08.05.01 Noyob binolar va inshootlar qurilishi
🧪 Tabiiy fanlar
- 03.03.02 Fizika
- 04.03.01 Kimyo
- 05.03.02 Geografiya
- 05.03.03 Kartografiya va geoaxborot
- 05.03.06 Ekologiya va tabiatdan foydalanish
- 06.03.01 Biologiya
- 06.05.01 Bioinjiniring va bioinformatika — Molekulyar hujayraviy bioinjiniring
- 16.03.01 Texnik fizika
🧑🏫 Pedagogika va ijtimoiy fanlar
- 44.03.01 Pedagogik ta’lim — Boshlang‘ich ta’lim, tasviriy san’at
- 44.03.03 Defektologiya — Logopediya
- 44.03.05 Ikkita yo‘nalishli pedagogika — Matematika; informatika, Tarix; chet tili
- 45.03.01 Filologiya — Rus tili va adabiyoti
- 45.03.02 Lingvistika — Tarjima nazariyasi
- 37.03.01 Psixologiya — Umumiy va ijtimoiy psixologiya
- 37.05.01 Klinika psixologiyasi — Psixodiagnostika, konsultatsiya
🌍 Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlar
- 41.03.01 Xorijiy mintaqashunoslik — Sharq mamlakatlari tahlili
- 41.03.05 Xalqaro munosabatlar — Global jarayonlar
- 42.03.02 Jurnalistika — Raqamli jurnalistika
- 42.03.05 Mediakommunikatsiya — Media va ijtimoiy institutlar
- 43.03.02 Turizm — Turistik faoliyat texnologiyalari
💼 Iqtisodiyot va boshqaruv
- 38.03.02 Menejment — Tadbirkorlik
- 38.04.01 Iqtisodiyot — Raqamli iqtisodiyot, Neft-gaz sanoati boshqaruvi
- 38.04.02 Menejment — Innovatsion boshqaruv, Ko‘chmas mulk boshqaruvi
- 38.04.04 Davlat va mahalliy boshqaruv — Zamonaviy shahar boshqaruvi