Irkutsk davlat tibbiyot universiteti (Иркутский государственный университет )
🏛 Universitet tarixi va maqomi:
Irkutsk davlat tibbiyot universiteti (IGMU) 1918-yilda tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda u Sibir va Uzoq Sharq mintaqasidagi eng nufuzli tibbiyot oliy ta’lim muassasalaridan biridir. Bu universitet 100 yildan ortiq tarixga ega va Rossiya Federatsiyasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tasarrufida faoliyat yuritadi.
- 1918-yil – Irkutsk universiteti tarkibida tibbiyot fakulteti sifatida ochilgan.
- 1930-yil – mustaqil Irkutsk davlat tibbiyot instituti sifatida qayta tashkil etildi.
- 1994-yil – institutga universitet maqomi berildi va bugungi nomini oldi.
- Bugungi kunda – Rossiyaning 100 dan ortiq tibbiyot universiteti orasida yuqori o‘rinlarni egallaydi.
- IGMU diplomi ko‘plab davlatlarda tan olinadi.
- Universitet Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (WHO) ro‘yxatida mavjud.
- Hindiston, Misr, Vetnam, Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston kabi davlatlardan 1500+ dan ortiq xalqaro talaba tahsil olmoqda.
- Universitetda 8 ta yirik fakultet, 70+ kafedra, 6 ta o‘quv-ilmiy markaz va o‘zining klinikasi mavjud.
- 50 dan ortiq fan doktori, 300 dan ortiq fan nomzodi dars beradi.
- Har yili yuzlab ilmiy maqolalar va tadqiqotlar nashr qilinadi.
- IGMU Rossiyaning eng yaxshi tibbiyot universitetlari TOP-15 taligiga kiradi.
- Yevropa va Osiyo davlatlarining bir qator universitetlari bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
- Universitetda yiliga 4000 dan ortiq talaba, shundan 1000 nafardan ortig‘i xalqaro talabalar.
🧠 Tajribali kadrlar va zamonaviy ta’lim — Irkutsk davlat tibbiyot universiteti sog‘liqni saqlash sohasidagi eng talabgir mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda. Bu yerda tahsil olish — bu nafaqat kuchli bilim olish, balki xalqaro darajadagi tajribaga ega bo‘lishdir.
📍 Universitet joylashuvi:
Universitet Irkutsk shahrida, Baykal ko‘lidan uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan. Shahar ekologik toza, tinch va talabalik hayoti uchun juda qulay. Universitet markaziy hududda joylashgani tufayli barcha zarur sharoitlar mavjud.
🎓 Yo‘nalishlar va o‘qish muddati
🩺 Davolash ishi (6 yil) – 270 000 ₽/ yil 👶 Pediatriya (6 yil) – 250 000 ₽ / yil 🦷 Stomatologiya (5 yil) – 360 000 ₽/ yil 💊 Farmatsiya (5 yil) – 224 200 ₽/ yil 🧼 Gigiyena va epidemiologiya (6 yil) – 210 000 ₽/ yil 📘 Tayyorlov kursi – 120 000 ₽ (10 oy)
📆 Hujjat topshirish sanasi:
20 iyun – 19 avgust 2024 yil
- Barcha xorijiy talabalar uchun yotoqxona mavjud
- Yotoqxona narxi: 18 000 – 20 000 rubl (yiliga, oldindan to‘lanadi)
💡 Nega aynan IGMU?
- 🏥 Amaliyot bazasi kuchli: talabalar eng zamonaviy klinikalarda amaliyot o‘tashadi.
- 🌍 Xalqaro talabalar uchun: qulay shart-sharoit, moslashuv dasturlari va rus tili kurslari.
- 🏘 Yotoqxona mavjud: barcha talabalar uchun yotoqxona ajratiladi.
- 📈 Bitiruvdan so‘ng ishga joylashish: bitiruvchilar Rossiya va boshqa davlatlarda ish topa olishadi.