June 18

Tomsk Davlat Politeknik Universiteti (Томский политехнический университет – ТПУ)

🏛 Universitet haqida:
Tomsk Davlat Politeknik Universiteti (TPU) — 1896-yilda asos solingan va Rossiyada eng qadimiy texnik universitetlardan biridir. TPU ilmiy izlanishlar, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro ta’lim sohasida yetakchi hisoblanadi. Universitet Yevropa va Osiyo davlatlarida yuqori baholanadi hamda ko‘plab reytinglarda TOP-1000 talik oliygohlar qatorida turadi.

Bugungi kunda universitetda 15 000 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. Talabalar uchun zamonaviy laboratoriyalar, yadro reaktori, texnoparklar, startap markazlar, amaliyot bazalari mavjud. TPU da ko‘plab xorijiy talabalar o‘qiydi, shuningdek ikki diplomli dasturlar, xalqaro almashinuv va qo‘shma loyihalar mavjud.


🌟 Nega aynan TPUni tanlash kerak?
🔹 Yadro, neft-gaz, IT, energetika va ekologiya sohalarida yetakchi
🔹 Barcha yo‘nalishlarda byudjet va kontrakt asosida o‘qish imkoniyati
🔹 Raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt va IoT yo‘nalishlari mavjud
🔹 Har bir fakultetda zamonaviy laboratoriyalar va ishlab chiqarish bilan bog‘langan amaliyot
🔹 Talabalar uchun qulay kampus, yotoqxona va madaniy hayot
🔹 O‘zbekistonliklar uchun hujjat topshirishda yordam va tezkor qabul


📚 Yo‘nalishlar (bakalavriat va mutaxassislik):

💻 IT va axborot texnologiyalari:
• Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt
• Dasturiy injiniring
• Axborot tizimlari va texnologiyalari
• Kompyuter xavfsizligi
• Raqamli iqtisodiyot va IoT texnologiyalari

⚙️ Muhandislik va texnika:
• Mashinasozlik va avtomatlashtirish
• Elektr energetikasi
• Yadro texnologiyalari
• Asbobsozlik va nanoelektronika
• Metrologiya, sifat menejmenti va standartlashtirish

🔬 Tabiiy fanlar va ekologiya:
• Kimyo, fizik kimyo, biotexnologiya
• Fizika va yadroviy tadqiqotlar
• Geodeziya, gidrometeorologiya, ekologiya
• Geoinformatika va tabiat resurslarini boshqarish

🛢 Neft-gaz va geologiya:
• Neft va gaz muhandisligi
• Kon ishi va geologik qidiruvlar
• Energiya resurslari bilan ishlash texnologiyalari

🎓 Gumanitar va ijtimoiy fanlar:
• Psixologiya, sotsiologiya
• Filologiya va tarjimonlik
• Pedagogika va xorijiy tillar
• Tarix, falsafa va madaniyatshunoslik

Qabul komissiyasi:

☎️ +998-33-3700030

📍 Namangan shahar, Alisher Navoi, 6A

Dushanba-Shanba

09:00-16:00

💻Onlayn Murojat