April 15

Sibirskiy davlat geosistemalar va texnologiyalar universiteti (Сибирский государственный университет геосистем и технологий - СГУГиТ)

🇷🇺 Sibirskiy davlat geosistemalar va texnologiyalar universiteti (СГУГиТ) — Rossiyada geodeziya, kartografiya, yer tuzish va geoinformatsion tizimlar sohalariga ixtisoslashgan yirik ilmiy-ta’lim markazlaridan biridir. Universitet 1933-yilda tashkil topgan va o‘sha davrdan beri ushbu sohalarda yetakchi mutaxassislarni tayyorlab kelmoqda.

🏛 Universitet haqida:

Sibirskiy davlat geosistemalar va texnologiyalar universiteti (SGUGiT) Novosibirsk shahrida joylashgan bo‘lib, sobiq Sovet Ittifoqi davridan boshlab butun mamlakat bo‘yicha geodeziya, kartografiya, yer tuzish kabi muhim sohalar uchun kadrlar yetkazib bergan. Bugungi kunga kelib, universitet zamonaviy laboratoriyalar, ilmiy-tadqiqot markazlari va kuchli professor-o‘qituvchilar tarkibiga ega.

🎯 Nega aynan SGUGiTni tanlash kerak?

  1. Yo‘nalishlarning tor ixtisoslashuvi – geodeziya, GIS, kadastr va ekologik monitoring bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlar.
  2. Ilmiy tadqiqotlar va amaliyot – talabalar ilmiy loyihalarda va real loyihalash ishlarida ishtirok etishadi.
  3. Xalqaro hamkorlik – universitet Yevropa va Osiyo davlatlarining oliygohlari bilan almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘ygan.
  4. Geotexnologik markaz – zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan laboratoriyalar.
  5. Keng ish imkoniyatlari – bitiruvchilar davlat yer kadastri, qurilish, transport va ekologiya tizimlarida yuqori talabga ega.

📚 Asosiy yo‘nalishlar:

  • Geodeziya va kartografiya
  • Yer tuzish va kadastr
  • Geoinformatsion tizimlar (GIS)
  • Ekologik monitoring
  • Shaharsozlik va yer resurslarini boshqarish
  • Yer usti va sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari bilan ishlash

Afzalliklari:

  • Byudjet o‘rinlari mavjud
  • Talabalar uchun yotoqxona
  • Qulay va arzon yashash
  • Zamonaviy ta’lim texnologiyalari
  • Sibir mintaqasining markazida joylashgan yirik ilmiy muhit
  • Bitiruvchilarning ko‘pchiligi davlat va xususiy sektor ishchilariga aylanadi

📋 Yo‘nalishlar

🎓 BAKALAVRIAT:

  • Kartografiya va geoinformatika – 40 o‘rin
  • Ekologiya va tabiiy resurslardan foydalanish – 40 o‘rin
  • Axborot tizimlari va texnologiyalari(IT) – 89 o‘rin
  • Axborot xavfsizligi(IT) – 70 o‘rin
  • Asbobsozlik – 23 o‘rin
  • Optotexnika – 22 o‘rin
  • Teksnosfera xavfsizligi – 20 o‘rin
  • Kadastr – 89 o‘rin
  • Geodeziya va masofaviy zondlash (Geodeziya) – 35 o‘rin
  • Geodeziya va masofaviy zondlash (Tabiiy resurslarni zondlash) – 35 o‘rin
  • Standartlashtirish va metrologiya – 20 o‘rin
  • Innovatika – 20 o‘rin
  • Amaliy geodeziya (Muhandislik geodeziyasi) – 54 o‘rin
  • Konchilik ishi (Marksheyderlik ishi) – 45 o‘rin

Qabul komissiyasi:

☎️ +998-33-3700030

📍 Namangan shahar, Alisher Navoi, 6A

Dushanba-Shanba

09:00-16:00

💻Onlayn Murojat